Case study · Mobil ilova
Impuls
Ingliz tili imtihonlariga har kuni 25 daqiqada tayyorlanish uchun AI repetitorli mobil ilova. Writing va Speaking javoblarini soniyalarda baholaydi, xatolardan shaxsiy reja tuzadi.
- 268
- artboard: ilova, to‘lov oqimlari va landing
- 41
- asosiy ekran, har biri light va dark mavzuda
- 90
- Pro va obuna holati: to‘lov, xato, oflayn, tiklash
- 3
- landing breakpoint: 1440, 768 va 390 px
Loyiha haqida
Vazifa va yechim
Muammo
Imtihonga tayyorlanayotgan o‘quvchi ko‘pincha xatosi qayerda ekanini bilmaydi: Writing va Speaking’ni tekshiradigan odam yo‘q, materiallar tarqoq, aniq reja yo‘q.
Yechim
Impuls bitta ilovada mock imtihon, AI tahlil va kunlik reja beradi. Tushuntirishlar ona tilida, mashqlar esa o‘quvchining o‘z xatolaridan tuziladi.
Mening rolim
G‘oyadan to‘liq prototipgacha: foydalanuvchi oqimlari, axborot arxitekturasi, UI, dark mavzu, to‘lov va obuna holatlari hamda landing sahifa.
Qaysi imtihonlarga
- CEFR Multilevel
- IELTS Academic
- IELTS General
- DTM ingliz tili
- Milliy sertifikat
- Maktab dasturi
- Duolingo English Test
01 · Kundalik
Bugun nima qilish kerak
Ilova ochilganda o‘quvchi bitta aniq vazifani ko‘radi: rejadagi bugungi mavzu, hafta streak’i va maqsadgacha qolgan ball. Darslar va 14 kunlik reja zaif tomonlarga qarab o‘zi tuziladi.
02 · Imtihon
Mock imtihon va AI tahlil
Rasmiy formatdagi to‘liq test, vaqt hisobi bilan. Writing’da har mezon bo‘yicha band va matn ichida belgilangan xatolar, Speaking’da ravonlik, talaffuz va lug‘at alohida baholanadi.
03 · AI repetitor
Har bir o‘quvchiga shaxsiy ustoz
Imtihon mezonlari bo‘yicha tekshiradigan va ona tilida tushuntiradigan suhbatdosh. Jonli suhbat rejimida aeroport, kafe yoki ish suhbati kabi real vaziyatlarda ovoz bilan gaplashiladi.
04 · Motivatsiya
Mashq odatga aylanishi uchun
Qisqa o‘yinlar har kungi odatni ushlab turadi: WordSwipe, 60 soniyalik Impuls 60, do‘stlar bilan duel, haftalik reyting va nishonlar.
05 · Lug‘at
So‘zlar, grammatika va kitoblar
So‘zlar takrorlash bilan mustahkamlanadi, grammatika mavzulari darajalar bo‘yicha, kitoblar darajaga mos tanlangan. Kun so‘zi esa hikoya formatida keladi.
06 · Monetizatsiya
Pro obuna: har bir holat chizilgan
To‘lov oqimi faqat “muvaffaqiyatli” ekran bilan tugamaydi. Ilova ichida App Store va Google Play, veb-saytda Click va Payme orqali to‘lovning 90 ta holati alohida ishlangan, har biri light va dark mavzuda.
- Narx yuklanmoqda
- To‘lov tasdiqlanmoqda
- To‘lov rad etildi
- Internet yo‘q
- Do‘kon tasdiqni kutmoqda
- Pro faollashdi
- Pro tez tugaydi
- Grace davri
- AI limiti tugadi
- Xaridni tiklash
- Promokod
- Click va Payme
Light va Dark
Ikki mavzu, bitta til
41 ta asosiy ekranning har biri ikki mavzuda. Taqqoslash uchun chiziqni suring. Saytdagi mavzu tugmasi bu sahifadagi barcha ekranlarni ham almashtiradi.
Ekranlar
Ilovaning o‘zi
Asosiy oqimlardan 20 ta ekran. Yonga suring yoki tugmalardan foydalaning.
Dizayn tizimi
AlignUI asosida
Komponentlar AlignUI dizayn tizimiga tayanadi: Inter shrifti, light va dark tokenlar, to‘q sariq urg‘u rangi va 3D illyustratsiyalar.
- Impuls orange
#FA7319 - Light fon
#F7F7F7 - Dark fon
#202020
- Shrift
- Inter
- Dizayn tizimi
- AlignUI
Natija
Nimalar topshirildi
- Foydalanuvchi oqimlari: til tanlash, onboarding, daraja testi, imtihon → natija → reja
- 41 ta asosiy ekran, har biri light va dark mavzuda
- Ilova ichidagi Pro (App Store, Google Play) va veb-obuna (Click, Payme): 90 ta holat × 2 mavzu
- Landing sahifa: 3 breakpoint × 2 mavzu × 3 til
- Ishlaydigan tugma, tab va almashtirgichli interaktiv maketlar
Aloqa
Shunday mahsulot kerakmi?
G‘oyadan ishlaydigan prototipgacha birga olib boramiz.
-
Telegram
@istamovx -
Telefon
+998 91 791 11 22 -
Instagram
@xurshiduiux